[{{mminutes}}:{{sseconds}}] X
Пользователь приглашает вас присоединиться к открытой игре игре с друзьями .
Обычный узбекский (латиница)
(1)       Используют 7 человек

Комментарии

Ни одного комментария.
Написать тут
Описание:
Тексты длиной 300-330 символов
Автор:
Phemmer
Создан:
7 марта 2016 в 13:59 (текущая версия от 12 июля 2020 в 17:27)
Публичный:
Нет
Тип словаря:
Тексты
Цельные тексты, разделяемые пустой строкой (единственный текст на словарь также допускается).
Информация:
Отрывки из книги Rey Bredberi "Marsga hujum".

Поиск и подбор материала: I_rena
Нарезка отрывков словаря: Phemmer
Содержание:
1 Hozirgina Ogayo qishi hukmron edi: eshik va derazalar taqa-taq yopilgan, oynalarni qalin qirov bosgan; tomlarning qirralaridan nayzasimon sumalaklar osilib turar, bolalar tepaliklardan chang‘ilarda o‘qdek uchar, qora ayiq mo‘ynasidan tikilgan po‘stinli ayollar sirpanchiq ko‘chalarda kezinar edilar.
2 To‘satdan issiq havo to‘lqini shahar bo‘ylab yoyildi, xuddi tasodifan ochiq qolgan novvoyxona eshigidan chiqqan hovur singari hammayoqni issiq havo qopladi. Uylardan shovullab suvlar oqdi. Butalar va bolalarning egnilari ho‘l bo‘ldi. Tomlardan sumalaklar uzilib tushar, yerga tushib mayda-mayda bo‘lar va erib ketar edi.
3 Eshiklar lang ochildi. Osmonda bulutning choki so‘kildi. Bolalar egnilaridan sviterlarini yechib otdilar. Onajonlar ham ayiq mo‘yna po‘stinlarini yelkalaridan tashladilar. Qor erib, o‘tloqzorda bulturgi maysalar mung‘ayib ko‘rindi. Raketa yozi. Og‘izdan-og‘izga, uydan-uyga shu ikki so‘z ko‘chib yurar edi: Raketa yozi.
4 Raketa yozi. Odamlar yomg‘ir tomchilari pitraday to‘kilayotgan ayvondan boshlarini chiqarib, qizara boshlagan osmonga qarar edilar. Pushtirang olov va cho‘g‘dek hovur ufurib turgan kosmodromda raketa qaddini g‘oz tutib turar edi. Ayozli qish tongida raketa o‘zining qudratli otash nafasi bilan atrofni yoz qilib yuborayotgandi.
5 Ko‘zlari oltin tangalardek sap-sariq, ovozlari mayin va yoqimli. Ilgari ular kimyoviy olov bilan suratlar chizishni yaxshi ko‘rar edilar, sharob daraxtlari limmo-lim to‘lib oqqan anhorlarda suzishni yoqtirishardi, keyin esa tonggacha xilvatgina xonada moviy nur taratib turgan portretlar tagida suhbat qurar edilar.
6 Afsus! Ayol boshini chayqadi, hafsalasi pir bo‘lgandek bilinar-bilinmas yelkalarini uchirib qo‘ydi, oltinrang kiprikli ko‘zlarini asta berkitdi. Nikoh hattoki ilgaridan tanish bo‘lgan yosh yigit-qizlarni ham keksa qilib qo‘yadi... Ayol o‘rindiqqa cho‘kdi, o‘rindiq bamisoli uning butun vujudini bag‘riga oldi.
7 U asabiy qoshlarini chimirdi va ko‘zlarini yumdi. Ayol tush ko‘ra boshladi. Qoracha barmoqlari titrab ketdi, beixtiyor havoda o‘ynay boshladi. Lahza o‘tib, ayol o‘rindiqda cho‘chib qaddini rostladi va og‘ir-og‘ir nafas ola boshladi. U xuddi birovni ko‘rmoqchi bo‘lgandek shosha-pisha xonaga razm solib chiqdi.
8 Tep-tekis, muzdek qum uzra, xuddi laqqa cho‘g‘dek charaqlab, olov qushlar muntazir edi. Qushlarga ko‘plab yashil tasmalar bilan bog‘lab qo‘yilgan oppoq chodir tungi shamol epkinidan qappayib hilpirardi. Illa chodir ostida yotardi, erining buyrug‘i bilan olov ufurgan qushlar tim qora osmonga ko‘tarildi.
9 Tasmalar taranglashdi, chodir havoda suzib borardi. Qumlar shuvullagancha pastga to‘kildi. Moviy tepaliklar ularning uyini yomg‘irli ustunlarni, qafasdagi gullarni, kuylovchi kitoblarni, yerdagi unsiz, irmoqlarni orqada qoldirgancha shundoq yonginalaridan bir-bir o‘tib borar edi. Ayol eriga qaramasdi.
10 Ayol pastda miltirab ko‘rinib turgan qadimgi o‘lik shaharlarga, xuddi suyakdan yasalgan shatranj donalari kabi uylarga qaramasdi, bo‘shliq va ermaklarga limmo-lim qadimgi anhorlar ham uning uchun bir pul edi. Bamisoli oy nuriday porloq mash'al kabi ular qurib qolgan daryolar va suvsiz ko‘llar ustidan uchib o‘tmoqda edilar.
11 Masala hal bo‘lgan edi. Ayol orqaga o‘girildi. Qushlar uchishda davom etdi. Shamol quvgan o‘n ming burchak tezligida. Tongda quyosh billur ustunlar orasidan o‘z nurlarini sochgancha uxlab yotgan Illa ustidagi tumanni haydab yubordi. Tun bo‘yi ayol yumshoq bulut to‘shagi uzra suzgandek yerda parvoz qilib chiqdi.
12 Kechga yaqin u g‘udrangancha shkaf oldiga bordi-da, undan mudhish qurolni - burma charmli va uchida tepkisi bo‘lgan uzun sarg‘ish naychani oldi. U bu tomonga yuzlandi - uning yuzida kumush ma'dandan yasalgan niqob ifodasi yo‘q edi. Holbuki u o‘z tuyg‘ularini yashirish uchun shu niqobni kiyib olardi.
13 Uchburchak eshik yopildi. Qiyalikdan uning uzoqlayotgan odimlari tovushi eshitilib turdi. Eri quyosh tomon ketib borar ekan, to u ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha ayol uning ortidan qarab turdi. So‘ng o‘z yumushlariga unnab ketdi: ohanrabo changlarini tozalash, billur devorlardan yangi mevalarni uzish kerak edi.
14 To‘satdan, momoqaldiroq! Elektr yalt-yult qiladi va osmon uzra qora to‘lqin va momoqaldiroqli bulutning hamma narsani yamlab yuboruvchi mavjlari ustma-ust yopirilib tusha boshlaydi. Hozir ham shunday bo‘ldi. Garchi osmon ochiq bo‘lsa-da, bo‘ron yaqinlashib kelardi. Garchi bulut bo‘lmasa-da, chaqmoq chaqishi aniq edi.
15 Illa sukunat hukmron yozgi xonadon xonalari bo‘ylab kezinardi. Har daqiqa osmondan chaqmoq kelib tushishi, havoni gumburlagan ovoz bilan larzaga solishi, to‘p-to‘p bulutlar bosishi mumkin edi. Jimjitlik, yo‘lakdagi odimlar, billur eshikning qoqilishi - barchasi uni ta'qib etardi va u o‘qday otilgancha ularga peshvoz chiqardi...
16 Beg‘amlik va sokinlik hukmron Mars sayyorasida yoz oqshomi. Anhorlarning yam-yashil sathi bo‘ylab bamisoli nafis brinch gullardek qayiqlar u yoqdan-bu yoqqa qarab suzadi. Yonbag‘ir bo‘ylab ilang-bilang saf tortgan uylardagi salqin tun to‘shaklarida yotgancha oshiq-ma'shuqlar erinchoqlik bilan bir-biriga shivirlashar edi.
17 Marsning tungi qismidagi yuzlab shaharlarning amfiteatrida oftobda qoraygan marsliklar tillarang ko‘zlarini chaqnatgancha estrada atrofidagi go‘shalarda to‘plangan, u yoqdan mashshoqlarning mohir qo‘llariga itoatkorona bo‘ysungan sozlar bamisoli gullarning atri kabi sokin havoda ravon kuy taratar edi.
18 Anhor suvlari sathida yulduzlarning aksi jimirlaydi, har bir xonada mushtumida oltin o‘rgimchak uyasini changallagancha yotgan bolalarning ma'sum nafaslari eshitiladi, qo‘llarini bir-biriga chalishtirgancha oshiq-ma'shuqlar uxlamoqda, oylar botgan, mash'alalar o‘chirilgan, tosh amfiteatrlarda zog‘ uchmaydi.
19 Undan tosh uy eshigi tomonga yirik-yirik oyoq izlari tizilib kelgan edi. Tepadagi ikkinchi qavatda baqiriq-chaqiriq ovozlari eshitilardi. Eshik tagidagi odamlar bir-biriga qarar, og‘irliklarini goh u oyoqlariga goh bu oyoqlariga solar, kamarlarini to‘g‘rilar edilar. Tepada qandaydir erkak ovozining o‘shqirgani eshitildi.
20 Shunday deya qizaloq izma-iz o‘zi bilan yugurib ketayotgan o‘yinchoq-o‘rgimchak hamrohligida qochib ketdi. Komandir qizga qo‘lini uzatgancha va orqasidan qaragancha joyida o‘tirib qolaverdi. U ko‘zlariga yosh qalqib chiqqanini his qildi. Nochor ahvolda og‘zini ochib, bo‘m-bo‘sh qo‘llariga qarab qo‘ydi.
21 Shunday deya u go‘yo mehmonlar havoda erib ketgandek, ularga ortiq e'tibor ham qilmay, mister Iii xona bo‘ylab yurar ekan, ixchamgina portfeliga qandaydir qog‘ozlarni tiqdi. Bu nari borsa besh daqiqacha davom etdi va bu vaqt ichida u biror marta ham qovog‘ini uyib turgan to‘rttala mehmonga churq etib og‘iz ochmadi.
22 Birdan zalda gulduros qarsaklar yangradi. Qiyqiriq va hayqiriqlardan shift larzaga keldi. Qo‘llarini silkitgan, hayqirib qichqirgan, stollarni ag‘dar-to‘ntar qilgan, bir-birini turtgancha marsliklar zalning barcha tomonidan o‘zlarini yerliklar tomon otishdi, ularni mahkam quchoqlab to‘rttalasini ham qo‘llariga ko‘tarib olishdi.
23 Qorong‘ilik ichidan kimningdir ayanchli xo‘rsingani eshitildi. Chor atrofda goh chaqnab, goh o‘chib, moviy olovlar raqs tushar edi. Uxlab yotgan erkaklarning oldidan qizil qumdan yasalgan shaytonvachchalar uchib chiqar edi. Ayollar lorsillagan ilonlarga aylanar edilar. Turli hayvon va yirtqichlarning hidi anqirdi.
24 Nahotki u yomon fuqaro bo‘lsa?! Unda o‘zi nima gap, nima uchun Marsga uchishi mumkin emas ekan? Mushtumlarini do‘laytirib, ularga qarab yerda ortiq qolishni istamayman, miyasi bor odam Yerdan qorasini o‘chirish orzusida yuradi, deya tinmay qichqirar edi. Ko‘pi bilan ikki yildan keyin yerda jahon atom urushi boshlanadi.
25 Ishonmasalaring, ularning o‘zlaridan so‘ranglar! Urushlar va tsenzuradan, to‘rachilik va harbiy tobelikdan, hukumatdan nari bo‘lgan ming marta afzal, bular maxsus ruxsatnomasiz bir qadam ham qimirlagani qo‘ymaydi, bular fanni ham, san'atni ham oyoqlari ostida yanchib tashlashdi! Agar xohlasangiz yerda qolaverishingiz mumkin.
26 Tikonli sim ortidan javob o‘rniga mundirli odamlar kulib qo‘ydilar, xolos. Uning Marsga hecham uchib ketgisi yo‘q, der edi ular. Axir u Birinchi va Ikkinchi ekspeditsiyalar yo‘q bo‘lib ketishganini, yo‘qlik qa'riga mahv bo‘lganlarini, ularning barcha ishtirokchilari, ochig‘ini aytganda, o‘lib ketganlarini nahotki u bilmasa?!
27 Ogayo kosmodromidagi xaloyiq qichqirar, qo‘llarini siltar edi, raketa tagidan ulkan yaproqli qip-qizil olov gul kabi ochildi-yu, u fazoga otildi - Mars sari Uchinchi ekspeditsiya boshlandi! Endi kema temir aniqligi bilan Mars havosining yuqori qatlamlarida harakatni sekinlashtirdi. U hamon go‘zallik va qudrat tajassumi edi.
28 Koinotning tim qora qo‘ynini yorib, u bamisoli tiniq dengiz darrandasi singari suzib borar edi; u Oymomo yonida shitob bilan o‘tdi-da, birin-ketin bo‘shliqlar bag‘rini tilgancha olg‘a intildi. Uning qornidagi odamlar o‘zlarini har tomonga tashlar, o‘mbaloq oshar, dumalar edilar, biri olib, biri qo‘yib jag‘ urardilar.
29 Undan ham narida oftobshuvoqda Viktorian uslubidagi, sanoqsiz va rang-barang shokilali oynalari moviy, pushti, sariq, yashil derazali baland bo‘yli uy qad ko‘tarib turardi. Ayvonda paxmoq yorongul o‘sib turar, ilmoqlarda yengil shabadadan eski arg‘imchoqlar goh u tomonga, goh bu tomonga chayqalar edi.
30 Uyning uchli tomoni uzra rombsimon billur shishali minora charaqlab ko‘rinardi. Birinchi qavatdagi keng derazadan "Ajoyib Ogayo" sarlavhali notalar yozilgan musiqa kitobchasini ko‘rish mumkin edi. Raketa atrofidan Mars bahoridan chiroy ochgan ko‘m-ko‘k va harakatsiz shaharcha har tomonga qarab yoyilib ketgan.
31 Oq va qizil g‘ishtdan qurilgan uylar saf tortgan, baland dublar shamoldan egilib-egilib chayqalar, qudratli qayrag‘ochlar va kashtan daraxtlari ham tinimsiz shovullardi. Unsiz oltin qo‘ng‘iroqli qo‘ng‘iroqxonalar savlat to‘kib turardi. Bularning barchasini fazogirlar illyuminatordan ko‘rib turar edilar.
32 Ajoyib bahor kuni edi. Qiyg‘os gullagan olma shoxida chittak tinimsiz sayraydi. Shamol yam-yashil shoxlarni silkitganda oppoq gullar bulutdek yerga to‘kiladi. CHor atrofni gullarning muattar hidi tutgan. Shaharchada kimdir pianino chalar edi va musiqa tovushi bir ko‘tarilib, bir pasayib nafis, allalagandek havoda suzardi.
33 "Ajoyib xayolparast" kuyini ijro etmoqda edilar. Boshqa tomonda esa grammofondan Garri Loder ijrosidagi "Shomdagi sayr" kuyi hirqiroq, bo‘g‘iq ohangda taralardi. Uchala fazogir raketa tagida turishardi. Ular siyrak havoni og‘izlari bilan yutoqib yutinar edilar. So‘ng kuchlarini avaylagancha asta yurib ketishdi.
34 Uyda eski buyumlar, chortoq va yana nimaningdir hidi dimoqqa yoqimli urilar edi. Limonadli ko‘zaga muzning mayin urilib tushgan ovozi quloqqa chalindi. Uyning narigi burchagidagi oshxonada jazirama kun munosabati bilan kimdir yaxna tushlik tayyorlar edi. Baland ayol ovozi qaysidir kuyni bosiq va yoqimli xirgoyi qilardi.
35 Ajoyib va uzun yoz kuni. Tushlikdan keyin ular mehmonxona bo‘lmasiga o‘tishdi. U qariyalarga o‘zining raketasi haqida so‘zlab berdi, ular esa bosh irg‘ar va jilmayar edilar, onasi xuddi avval qanday bo‘lsa, shunday ko‘rinardi, otasi sigara uchini tishlagancha o‘ychan ichiga tortar edi - xuddi o‘sha vaqtlardagidek.
36 Kechlikka quling o‘rgilsin kurka go‘shti pishirilgan edi, vaqt ham sezilmay o‘tib borardi. Likopchalar obdon tozalangan kurka suyaklari uyumiga to‘lgach, kapitan o‘zini stul suyanchig‘iga tashladi va chuqur qanoat hosil qilganini bildirib, pishillab nafasini chiqardi. Kech tushib, daraxt yaproqlari qilt etmay qoldi.
37 Ko‘chadagi boshqa barcha uylardan musiqa, pianino ovozlarining gurillab ochilib-yopilishlari eshitilib turardi. Onasi plastinkani qo‘ydi-da, kapitan Jon Blek bilan gir aylanib raqs tusha ketdi. Undan o‘sha atirlar anqir edi, otasi va onasi poezd halokatida o‘lganlarida ham ulardan xuddi shunday atir anqib turardi.
38 Qiziq, ming yil oldin Marsda kim yashagan ekan? Marsliklarmi yoki har doim bugungidek bo‘lganmi? Marsliklar. U past ovozda o‘zicha shu so‘zni bir necha bor takrorladi. To‘satdan u qah-qah urib kulib yuborayozdi. Kutilmaganda miyasiga o‘taketgan bema'ni fikr kelib qoldi. Badanidan sovuq ter chiqib ketdi.
39 Xotinlar, onalar, opa-singillar, aka-ukalar, amaki-tog‘alar, otalar. Ular yangi qabr kavlab qo‘yilgan va yangigina qabr toshlari kutib turgan qabristonga yo‘l oladilar. O'n oltita qabr, o‘n oltita qabr tosh. Mer qisqagina motam nutqi so‘zladi. Uning yuzi o‘zgarib ketganidan bu mermi yo boshqa bir odammi, bilib bo‘lmas edi.
40 Ular yig‘lar, oh-voh qilar edilar, chehralari esa avvalgi tanish alomatlarini yo‘qotib, asta-sekin o‘zgarib borar edi. Lyustigning bobosi va buvisi ham o‘sha yerda edi va ho‘ngrab yig‘lashar edi, ularning ham yuzlari mumday erib, cho‘zilib borar, xuddi jazirama kunga bardosh bermayotgandek tuyulmoqda edi.
41 Ular raketada tun qo‘ynida chiqib kelishganida havo shunchalar sovuq ediki, Spender darhol gulxan uchun Mars shox-shabbalarini terishga tutindi. Marsga uchib kelganlarini nishonlash borasida u churq etib og‘iz ochmadi, shox-shabbalarni terib keldi-da, olov yoqib yubordi va uning qanday yonishini tomosha qildi.
42 Keyin qurib qolgan Mars dengizi uzra qontalash tong havosiga yelkasi osha ularni - kapitan Uaylder, Cherok, Xeteuey, Sem Parkxill va uning o‘zini unsiz qop-qorong‘i yulduzli kengliklar orqali olib o‘tgan va hayotsiz beg‘am olamga olib kelib qo‘ygan raketaga qarab qo‘ydi. Jeff Spender qiy-chuv boshlanishini kutib turardi.
43 Ular norozi edilar, ular buyuk ishga hayotlarini garov qo‘ygan edilar. Endi ular bo‘kib ichishni, vadavang qo‘shiq aytishni, o‘zlarining qanchalik abjir yigitlar ekanini - kosmosni teshib o‘tib, raketani Marsga haydab kelganlarini bildirib qo‘yish uchun dunyoni boshlariga ko‘tarib shovqin solishni istar edilar.
44 Marsga-ya! Lekin hozircha hamma sukut saqlardi. Kapitan past ovozda buyruq berdi. Fazogirlardan biri yugurib borib, raketadan konservalar olib keldi va ularni ochib, ortiqcha shovqin-suronsiz tarqatishdi. Asta-sekin odamlar gapga kirisha boshladi. Kapitan o‘tirdi va parvoz haqida qisqacha tushuntirish berdi.
45 Ularning boshiga suvchechak yetgan, bolalar kasalligi. Bu kasallik Yerda hatto bolalarni ham o‘ldirolmaydi! Bu to‘g‘ri emas, adolatdan emas. Bu qadimgi yunonlarning buqoqdan o‘lib ketgan, mag‘rur rimliklarning esa ajoyib tepaliklarda so‘gal qirg‘in keltirgan degan cho‘pchaklarga ishonish bilan baravardir!
46 Biz asli marsliklarga dafn marosimlarini tayyorlab olishlariga, kerakli qiyofaga kirib olishlariga va o‘lim uchun biron-bir sabab o‘ylab topishlariga vaqt va imkon bersak bo‘lar ekan. Bunday emas-da, - allaqaerdagi sharti ketib, parti qolgan, ahmoqona suvchechak emish! Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas!
47 Tizzasidagi likopchada turgan ovqatga qo‘l ham urmadi. Havo yanada sovuqroq bo‘lgan edi. Yulduzlar yaqinroq kelib, yorqinroq charaqlay boshlagan edi. Agar kimdir ovozini haddan tashqari baland ko‘tarib gapira boshlasa, kapitan bosiqqina javob berardi, ular ham beixtiyor kapitanga taqlidan ovozlarini pasaytirar edilar.
48 Shamol qurib qolgan dengiz tubidagi yengil tumanni haydar edi, tog‘lardan ulkan qoyalar kumushrang raketaga va mo‘jazgina gulxanga ko‘z uzmay qarab turardi. Shovqin-suron tobora avj olmoqda, raqqoslar soni ko‘paymoqda edi, kimdir zo‘r berib sibizg‘a chalar, yana biri papiros qog‘oziga o‘ralgan nayga puflar edi.
49 Bir necha daqiqagacha fazogirlar nafaslarini ichlariga yutib turdilar. Ana-mana bu hayotsiz shaharda nimadir qimirlashini, qandaydir xira ko‘lka paydo bo‘lishini, hosilsiz dengiz tubidan asl zoti noma'lum bo‘lgan otda zirh va sovutlarga burkangan keksa chavandoz arvohning ot qo‘yib kelishini kutar edilar.
50 Birinchi o‘q chapdan eng chekkadagi odamga borib tegdi. Ikkinchi va uchinchi o‘q esa o‘ngdan chetdagi va o‘rtada o‘tirgan kishilarga borib tegdi. Oshpaz qo‘rqib gulxandan o‘girildi va to‘rtinchi o‘q unga borib tegdi. U yuztuban olov ichiga qulab tushdi va qimirlamay yotib qoldi, kiyimlari esa gurillab yondi.
51 Olov purkagan quyosh tobora yuqoriga o‘rlab borardi. Bir soatdan keyin kapitan nonushta qilgani raketa ichidan chiqib keldi. U fazogirlar bilan salomlashish uchun og‘iz ochmoqchi ham bo‘lgan ediki, havoda to‘pponcha tutunining yengil hidini payqab, to‘xtab qoldi. Qarasa, oshpaz gavdasi bilan gulxanni qoplab yerda yotibdi.
52 Ertalab u olti odamni otib o‘ldirgandan keyin o‘zini yolg‘iz his etdi, so‘ng ko‘ngli behuzur bo‘ldi va nihoyat vujudini g‘alati xotirjamlik egalladi, ammo bu tuyg‘u ham tez o‘tib ketdi, chunki ta'qibchilarning yo‘lini bildiruvchi changni ko‘rgach, uni yana ayovsiz tuyg‘ular chulg‘adi. U safar flyagasidan muzdek suv ho‘pladi.
53 Keyin o‘rnidan turdi, kerishdi, esnadi va uni qurshab turgan vohadagi allalovchi sukunatga quloq tutdi. Eh, u va u yoqdan, Yerdan kelgan yana bir necha odam bu yerga kelib o‘rnashib, beg‘am, betashvish yashaganlarida, qandoq yaxshi bo‘lar edi-ya... Spender bir qo‘liga kitobni oldi, ikkinchisiga esa to‘pponchani.
54 U toshlar ustida yechindi-da, badanini chaygani suvga tushdi. Shoshmasdan suvda yuvinib-chayinib oldi-da, yana chiqib kiyimlarini kiydi va to‘pponchani qo‘liga oldi. Dastlabki o‘q ovozlari kunduzgi soat uchlarda yangradi. Bu paytga kelib Spender baland tog‘larga chiqib ketgan edi. Orqadan uni ta'qib qilib kelar edilar.
55 Yam-yashil o‘tloqlar va tezoqar daryochalardan zavqlangan qadimgi marsliklar toshtaxtalardan hovuzlar barpo etgan, kutubxonalar qurgan, favvoralari shaldirab turgan bog‘lar bunyod etgan edilar. Spender yarim soatcha yomg‘ir suviga to‘lgan hovuzda ta'qibchilarning yaqinlashishini kutib, cho‘milib oldi.
56 Kapitan qo‘lida vintovka bilan quyoshning jazirama nurlari ostida panadan sakrab chiqdi. Spender to‘pponchasi bilan uni mo‘ljalga ola boshladi, biroq otishga shoshmayotgandi. Buning o‘rniga u boshqa nishonni tanladi va Uayd yotgan qoyaning cho‘qqisini uchirib yubordi. O'sha yoqdan ayanchli qichqiriq eshitildi.
57 Bitta mengina ularga yoqib qolgan edim. Otam bilan onamning Marsga kelib qolsa o‘zlarini xuddi o‘shanday tutishlarini men juda yaxshi tasavvur qilaman. O'rtacha amerikalik har qanday g‘ayrioddiy narsaga burnini jiyirib qaraydi. Chikago tamg‘asi yo‘qmi, demak, bu hech narsaga yaramaydi. Ko‘rdingizmi qanaqa!
58 Flyagani oling, bir qultum yutay. Spenderni bo‘sh go‘rga dafn qilish taklifi kapitanning o‘zidan chiqdi. Go‘rni qadimgi mars qabristonidan topishdi. Ular Spenderning qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirib, kumush tobutga joylashtirishdi va o‘n ming yil avval tayyorlangan sham va musallaslarni ham uning ichiga qo‘yishdi.
59 Yerliklar Marsga uchib kela boshladilar. Uchib kelishlarining boisi, ular nimadandir qo‘rqar edilar va ayni zamonda hech nimadan qo‘rqmas edilar, chunki ular baxtli va baxtsiz edilar, o‘zlarini ziyoratchilar deb his qilar edilar va ziyoratchilar deb his qilmas edilar. Har birining o‘z sababi bor edi.
60 Ular jonlariga tekkan xotinlarini yoki jonlariga tekkan ishlarini yoki jonlariga tekkan shaharlarini tashlab kelgan edilar; nimanidir topish yoki nimadandir qutulish yoki nimanidir qazib olish, nimanidir kavlab olish, yoki nimanidir yerning tagiga yashirib qo‘yish, yoki nimanidir abadiy unutish uchun uchib kelar edilar.
61 Uning niyati bitta - qanday qilib bo‘lmasin, Mars yam-yashil libosga burkansa, qalin bargli baland daraxtlarga qoplansa, iloji boricha ko‘proq havo paydo bo‘lsa, kerak bo‘lsa yilning to‘rt faslida ham gurkirab tursa, diqqinafas yozda shaharlarning havosini yangilasa, qishning izg‘irinli shamollarini to‘sib tursa.
62 Javob uning miyasida emas, tomog‘ida, o‘pkasida tug‘ildi va bu sof kislorod qultumidek fikr birdan unga dalda bag‘ishladi. Daraxtlar va maysalar. U qo‘llariga qaradi va kaftining orqasini o‘girdi, u maysa va daraxt ekadi. Mana unga ish: uning bu yerda qolishiga xalaqit berayotgan narsaga qarshi kurashish.
63 U Marsga qarshi urush e'lon qiladi - alohida, agrobiologik urush. Qadimiy Mars tuprog‘i... Uning o‘z ko‘katlari shuncha millionlab yillar o‘sib, nihoyat yoshini yashab, tugab-bitgan. Bordi-yu, yangi turlar ekilsa-chi? Qishki daraxtlar - shoxdor mimozalar, majnuntollar, magnoliyalar, ulug‘vor evkaliptlar. Unda-chi?
64 U o‘n milliardlab yomg‘ir tomchilarini ko‘rdi, tomchilar elektr fotograf chirq etib suratga olgulik vaqt davomida shu tushib kelishida qotib turdilar. So‘ng yana zulmat va suv, suv... Uning a'zoi badani jiqqa ho‘l bo‘ldi, biroq o‘tirgan ko‘yi yuzini ko‘tarib kular va tomchilar qovoqlariga kelib urilar edi.
65 Raketalardan bolg‘a tutgan odamlar to‘kilib tushar edilar: o‘zga olamni o‘zlari xohlagandek shaklga keltirib, ko‘zlariga g‘alati ko‘ringan hamma narsani yo‘qotardilar, po‘lat tishli yirtqichday og‘izlariga tishlab olgan mixlarni bitta-bitta qo‘llariga olib, uylarning sinchiga qoqar, tom yopar edilar.
66 U qop-qorong‘i quduqqa tovushsiz uchib tushayotgan qorning o‘zginasi yoki xuddi pastga, hech narsaning ichiga tushayotgan, yangi yil sharlariga o‘xshagan yuz milliardlab chehralar suvratga olingan qadimiy tovushsiz film. Vaqtning hidi ana shunaqa bo‘ladi va uning ko‘rinishi hamda quloqqa eshitilishi ham xuddi shunaqa bo‘ladi.
67 Shundoq yonginasidan tun qushi uchib o‘tdi. Uning yuragi hayratomuz darajada tinch, xotirjam edi. Besh daqiqacha o‘tgach, Tomasning qulog‘iga qandaydir tovush chalindi. Qadimgi tosh yo‘l muyulishida ko‘zdan yo‘qolgan huv tepalikda u allaqanday harakatni payqadi, xiragina yog‘du ko‘rindi, so‘ng zaif tarillagan ovoz eshitildi.
68 Ular Marsni nazar-pisand qilmas, ular pasttekisliklarda va xuddi mana shu poyonsiz, Mars dalalaridek oxiri yo‘q dashtu biyobonlarda o‘sgan edilar. Ular kimsasiz joyni obod qilganlar, shu bois boshqalarga ancha oson bo‘lar edi. Ular oynasiz romlarga oyna solar, uylarda o‘tin qalab, o‘t yoqar edilar.
69 Ular Marsdagi dastlabki erkaklar edilar. Birinchi ayollar qanaqa bo‘lishini hamma bilardi. Ikkinchi to‘lqin bilan boshqa mamlakatlardan, o‘zlarining tili, o‘zlarining g‘oyalari bilan odamlarni olib kelish kerak bo‘lardi. Biroq, raketalar Amerikaniki bo‘lib, ularda faqat amerikaliklar uchib kelar edilar.

Связаться
Выделить
Выделите фрагменты страницы, относящиеся к вашему сообщению
Скрыть сведения
Скрыть всю личную информацию
Отмена