| 1 |
Shavkat Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug'ilgan. Millati – o'zbek. Oliy ma'lumotli, 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. 2003-yilda O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlandi. 2016-yil 4-dekabr kuni bo'lib o'tgan Prezident saylovi yakunlari bo'yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. Sh.M.Mirziyoyev oilali, ikki qiz, bir o'g'li, olti nafar nabirasi bor. |
Комментарии